Faqat harf özgaradi.
Sözning yarmi qalin, oxiri rangli bölsa ham — almaşadigani faqat kerakli harf.
Qonun ÖRQ-1184 2027-yil 22-apreldan yangi alifbo
Word va Excel'dagi matnni bir bosişda yangi özbek alifbosiga, eski lotinga yoki kirillga ögiring. Qalin, kursiv, jadval va formulalar joyida qoladi.
Bepul tarif — kartasiz. Windows, Mac, Office Online va iPad.
Pro — oyiga 29 000 söm, yillik tölovda 17% arzon.
Qanday işlaydi
Pastga aylantiring va hujjat qanday özgarişini köring.
Word va Excel'ning «Home» tasmasida turadi. Bir bosişda yon panel oçiladi.
Yangi alifbo, eski lotin yoki kirill. Matn aralaş bölsa ham tuşunadi.
Bitta jumla, bir sahifa yoki butun hujjat — qançasini belgilasangiz, şunça.
Faqat özgargan harflar almaşadi. Qalin, kursiv va jadval avvalgidek qoladi.
Örnatiş
Word yoki Excel — Mac, Windows yoki brauzerda, ingliz yoki rus tilidagi Office'da. Tanlang va qadamlarni köring.
Alifbo qöşimçasi fayli — bitta kiçik XML.
Tez orada Microsoft AppSource dökonida ham — bir bosişda örnatiladi.
Real hujjatlar
Buyruq, dars rejasi, kirildagi Excel röyxat yoki eski gazeta maqolasi. Hujjatni va alifboni tanlang — ögiriş şu yerning özida, haqiqiy ögirgiç bilan bajariladi.
Hujjat yoki alifboni tanlang.
Hajm
Belgilangan matn, butun hujjat yoki Excel'dagi barça varaqlar — bir xil oson.
Hajmni tanlang va sinab köring.
Imkoniyatlar
Sözning yarmi qalin, oxiri rangli bölsa ham — almaşadigani faqat kerakli harf.
Sayt manzili, e-mail, @mention va #hashtag öz holiça qoladi.
WhatsApp, Chrome, Shell — ulardagi sh va ch özgarmaydi.
Excel'da faqat matnli kataklar ögiriladi. Raqam, sana va formula joyida.
Firma nomi yoki rasmiy yozilişi özgarmasligi kerak bölgan sözlarni qöşing.
Kirill va eski lotin bir jumlada bölsa ham — hammasi bir xil yangi alifboga.
Yangi alifbo
ÖRQ-1184-son qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolangan va 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Alifboda 28 ta harf va tutuq belgisi bor.
Manba: lex.uz — ÖRQ-1184
Bepul onlayn ögirgiç
Matnni qöying va bir bosişda ögiring. Heç narsa serverga yuborilmaydi — hammasi brauzeringizda.
Qaysi alifboga0 / 5 000 belgi. Butun hujjat uçun — Word'ga qöşing.
Tariflar
ÖRQ-1184-son qonunga köra oʻ, gʻ, sh va ch örniga Ö, Ğ, Ş va Ç keladi. Alifboda 28 ta harf va tutuq belgisi (ʼ) bor. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
Yöq. Alifbo faqat özgargan harflarni almaştiradi: qalin, kursiv, rang, şrift, jadval va sarlavhalar joyida qoladi. Excel'da formulalar, raqamlar va sanalarga tegilmaydi.
Ha. Kirill va eski lotin matn töğridan-töğri yangi alifboga ötadi, aralaş bölsa ham. Yangi alifbodagi matnni eski lotinga yoki kirillga ham qaytariş mumkin.
Ha. Bepul tarifda kuniga 5 000 belgigaça ögirasiz, karta kerak emas. Butun hujjatni bir bosişda ögiriş va katta hajm Pro va Max tariflarida.
Tarifdagi tugmani bosing — Telegram ochiladi. Tölovdan keyin kodni şu yerda olasiz va panelga kiritasiz.
Pro — 2 ta, Max — 5 ta kompyuterda. Kompyuterni almaştirsangiz, boğlaning — eski qurilmani öçirib beramiz.
Yöq. Ögiriş kompyuteringizning özida, Word yoki Excel içida bajariladi. Serverga faqat tarif kodi tekşiriş uçun yuboriladi.
Windows va Mac'dagi Word va Excel'da, brauzerdagi Office Online'da va iPad'da. iPhone'da esa bizning Alifbo klaviaturasi işlaydi.
Taniş holatmi?
Alifbo har bir oʻ, gʻ, sh va ch ni özi topadi va ögiradi — Word'da ham, Excel'da ham.